18:24 / 07.02.2016
4184

"Barselona" 23 tur uchrashuvida "Levante"ni mag‘lub etib qaytdi

Ispaniya chempionatining 23 turida "Barselona" jamoasi "Levante" maydoniga safar qildi va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

O‘yinning birinchi taymida mezbonlar himoyachisi David Navarro to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi - 0:1.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa "Barselona" to‘purari Luis Suares yakuniy hisobni o‘rnatdi - 0:2.

Endilikda kataloniyaliklar hisobidagi ochkolar soni 54taga yetgan va jamoaning turnir jadvalidagi peshqadamligi mustahkamlangan. Kataloniyaliklarda yana bitta zaxira o‘yini mavjud. "Levante" esa 17 ochko bilan so‘nggi pog‘onada joylashgan.

Qayd etish kerakki, bu g‘alabali o‘yin jamoa murabbiyi Luis Enrikening "ko‘k-anorranglilar" boshqaruviga kelganidan beri o‘tkazgan yuzinchi o‘yini va 80- g‘alabasi bo‘ldi.

Ispaniya chempionati, 23-tur

“Levante” - “Barselona” – 0:2
Gollar: Navarro (22-avtogol), Suares (90+2)
Ogohlantirishlar: Feddal (23), Navarro (57), Lerma (66), Lopes (83) - Pike (29), Alves (63), Buskets, (89)
“Levante”: Marino, Tono, Feddal, Navarro (Gilas, 69), Ivan Lopes, Simao, Versa (Kuero, 77), Morales, Lerma, Rossi, Deyverson (Kamarasa, 69)
“Barselona”: Bravo, Pike, Alba, Serji Roberto, Dani Alves (Vidal, 74), Maskerano, Rakitich (Buskets, 68), Inesta, Neymar, Messi, Suares.

Top