23:55 / 07.02.2016
4468

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya raketa uchirishi bilan bog‘liq favqulodda yig‘ilishini boshladi

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirishi bilan bog‘liq ravishda navbatdan tashqari favqulodda yig‘ilishini boshladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv Nyu-Yorkda mahalliy vaqt bilan soat 11.00da (Toshkent vaqti bilan 21:00) boshlangan. Yig‘ilish yopiq tartibda o‘tmoqda.

Venesuelaning BMTdagi doimiy vakili Rafael Ramires maslahatlashuvlar davomida matbuot uchun bayonot ma'qullanishini ma'lum qildi. BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jyeffri Feltman Xavfsizlik kengashining matbuot-anjumanida tashkilot nomidan ishtirok etadi.

Bu yig‘ilish 2016 yilda Shimoliy Koreya bilan bog‘liq tarzda o‘tkazilayotgan ikkinchi yig‘ilishdir. Avvalgisi Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani sababli o‘tkazilgandi.

Top