Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:20 / 07.02.2016
2658
1 daqiqa o‘qiladi
Kolumbiyada Zika virusi bilan kasallanganlar orasida 3 mingdan ko‘proq homilador ayol borligi aniqlandi
Kolumbiya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda Zika virusi bilan kasallanganlar orasida 3177 nafar homilador ayol bor. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosning aytishicha, hammasi bo‘lib mamlakatda 25,6 ming kishi ushbu virus bilan kasallangan.
Zika virusi homilada mikrotsefaliya keltirib chiqarishi bilan xavfli. Kolumbiya prezidentining aytishicha, mamlakatda hozircha bu nuqson bilan tug‘ilganlar bolalar qayd qilinmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish