07:57 / 07.02.2016
2835

Lavessi Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubiga o‘tishga rozilik berdi

Fransiyaning "PSJ" futbol klubi hujumchisi Esekiel Lavessi yaqin orada Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubining o‘yinchisiga aylanishi mumkin.

30 yoshli futbolchi Xitoy klubining taklifini qabul qildi va parijliklar bilan birga Fransiya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Marsel"ga qarshi uchrashuvga bormadi.

Avval ma'lum qilinganidek, "Shanxay"da argentinalik futbolchi yiliga taxminan 10 mln yevro maosh oladi.

Endi Lavessining transferi bo‘yicha klublarning kelishib olishi qoldi. Futbolchi transferi 5-10 mln yevroga baholanmoqda.

Futbolchining "PSJ" bilan shartnomasi joriy yozda yakuniga yetadi.

Top