Jamiyat | 23:21 / 07.02.2016
14977
1 daqiqa o‘qiladi

Londondagi ko‘prikda Jyeki Chan ishtirokidagi filmni suratga olish jarayonida avtobus portlatildi

Aktyorlar Jyeki Chan va Pirs Brosnan ishtirokidagi "Xorijlik" deb nomlangan yangi filmni suratga olish jarayonida Londonning Lambert ko‘prigida avtobus portlatildi. Bu haqda iTV ma'lum qildi.

Buyuk Britaniya poytaxti dengiz politsiyasi bo‘linmasi filmni suratga olishda "maxsus effektlar qo‘llanayotganini" ma'lum qildi va fuqarolarni xavotirlanmaslikka chaqirdi.

Suratga olish vaqtida ko‘prik yopib qo‘yildi. Associated Press axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, portlatish sahnalari ba'zi londonliklarga 2005 yilda Londonda sodir etilgan teraktlarni eslatib yuborgan, o‘shanda teraktlar jamoat transportida ham sodir etilgandi.