08:32 / 07.02.2016
4288

Maktab xokkey jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yo‘qolgan shaybani topish uchun darvozabonlardan biri yechintirildi

AQShning Minnesota shtatida maktab xokkey jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida maydonda qiziq voqea sodir bo‘ldi – jamoalardan biri Eveleth-Gilbert’ning darvozaboni shaybani qaytargandan keyin shayba yo‘qolib qoldi.

Shayba topilmavermagach, uchrashuv hakami shayba darvozabon kiyimi orasida o‘ralashib qolgan degan xayol bilan darvozabondan o‘z kiyimini yechishni so‘ragan.

Biroq ushbu holat aks etgan videoda shayba oxir-oqibat topilganmi-yo‘qmi tasvirlanmagan, biroq Eveleth-Gilbert jamoasi o‘z raqiblariga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berishgani ma'lum.

Top