20:45 / 07.02.2016
3682

Mast holdagi yo‘lovchi Kiyev-Tbilisi reysi samolyotini portlatish bilan tahdid qildi

Kiyevdan Tbilisiga parvoz qilishi kerak bo‘lgan samolyot xavfsizlik nuqtai nazaridan aeroportda ushlab qolindi. Bu haqda 7 fevralda Facebook foydalanuvchilaridan biriga iqtibos keltirgan holda "Gruziya Online" nashri xabar berdi.

"Kiyev-Tbilisi reysi samolyotiga kirdik, samolyot mana-mana uchishi kerak edi. Birdan mast holdagi gruzin o‘zini terrorchi deb, hamma portlashini aytdi. Politsiya yetib keldi, bizni samolyotdan tushirishdi hamda hammamizni va hamma narsani tekshirishdi", deb ma'lum qildi ijtimoiy tarmoqda ushlab qolingan reys yo‘lovchisi.

Yangi yil ta'tillarida Vladivostok–Petropavlovsk-Kamchatskiy samolyotining mast holdagi yo‘lovchisi samolyot bortida portlash uyushtirishi bilan tahdid qilgan. Samolyot manzilga yetib kelgach, u chekkaroqqa olingan. To‘polonchi yo‘lovchi politsiya qo‘liga topshirilgan, uning qo‘l yukida ham, yukxonadagi yukida ham portlovchi qurilma aniqlanmagan.

1 yanvarda parvozdan oldin samolyotdan tushirilgan mast holdagi erkak Sheremetevo aeroportidagi uchin-qo‘nish polosasidagi mikroavtobusni olib qochib ketgan. Erkak trapdan tushishi bilanoq, biznes-sinf yo‘lovchilarini tashish uchun mo‘ljallangan mikroavtobusga yugurib borgan va uni ruliga o‘tirib, shlagbaumni urib ketib, mikroavtobusda aeroport hududidan chiqib ketgan. Qoidabuzar Yaroslavskiy shossesida ushlangan. Uni aeroport politsiya bo‘limiga olib borib, undan jarima va moddiy ziyon undirilib, so‘ngra uyiga qo‘yib yuborilgan.

Top