19:51 / 07.02.2016
34993

Shahzoda Muhammedovaning Instagram'ida paydo bo‘lgan surat uning muxlislarini qo‘rqitib yubordi

O‘zbekistonlik kinoaktrisasi Shahzoda Muhammedovaning Instagram'dagi sahifasiga "Notanish qotil" izohi bilan qo‘rqinchli surat joylashtirilgach, uning muxlislari turli xavotirli fikrlar bildira boshlashdi.

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, bu surat uning navbatdagi kinoqahramonini ifodalaydi.

"Xavotirga o‘rin yo‘q, aktrisaning Instagram'dagi sahifasiga joylangan ushbu surat film suratga olish jarayonidan bir lavha xolos.

Premerasi aprel oyining so‘nggi kunlariga mo‘ljallanayotgan kinorejissyor Azamat Ahrorovning “Notanish qotil” kinokartinasi namoyishidan oldin shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.

Barchaning boshida bir savol: Filmdagi notanish qotil kim?! U nima sababdan qotillika qo‘l uradi? Kimning shirin hayotiga zomin bo‘ladi? Shu va shu kabi savollarga yechimni premeradan so‘ng bilib olamiz", deya yozadi muxbir.

Mazkur filmda Azamat Ahrorov, Shahzoda Muhammedova, Alixan, A.Alimov kabi aktyorlarning ijrosini ko‘rish mumkinligi aytilgan.

"Kartinada asr vabosi bo‘lmish giyohvandlik muammosi qattiq qoralanadi", deydi rejissyor.

Top