Texnologiya | 16:34 / 08.02.2016
4615
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada O‘zbekistonning muqobil energetika sohasidagi salohiyati namoyish etildi

Germaniyaning Kyoln shahridagi Aviatsiya va kosmonavtika markazi(“DLR”)da muqobil energiya manbalari bo‘yicha O‘zbekiston salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning Frankfurtdagi diplomatiya missiyasi va “DLR” hamkorligidagi tashkil etilgan tadbirda “TSK FLAGSO”, “CPS Services GmbH” hamda “DCSP” singari yetakchi energetika kompaniyalari rahbarlari, Germaniyaning ilg‘or tadqiqot institutlari va O‘zR FA “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi delegatsiyasi ishtirok etdi. Taqdimotda mamlakatimizning muqobil energiya borasidagi imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berildi.

Anjumanda doirasida O‘z FA, Drezden texnika universiteti va Nemis aerokosmik markazining Quyosh energiyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda quyosh energiyasi bo‘yicha birgalikda tadqiqotlar” loyihasi borasida ham o‘zaro-fikr almashildi.

Germaniyalik mutaxassislar mamlakatimizning bu boradagi tabiiy va texnik imkoniyatlarini yuqori baholab, kelajakda hamkorlikdagi loyihalarni yanada rivojlantirishdan har ikkala tomon ham birdek manfaatli ekanini ta'kidlashdi.

Ma'lumot uchun: Aviatsiya va kosmonavtika markazida (“DLR”) – Germaniya kosmik, energetika va transport bo‘yicha tadqiqotlar milliy markazi bo‘lib, keng doiradagi ichki hamda xalqaro tadqiqot loyihalarini hayotga tadbiq etadi. Markazning Germanidagi 16 ta instituti hamda Bryussel, Parij, Vashington va Tokiodagi idoralarida 8 ming nafardan ziyod xodim faoliyat yuritadi. Tashkilotning 2014 yildagi byudjyeti 871 million yevroni tashkil etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish