16:09 / 08.02.2016
4995

Hindistonda birinchi marta meteorit tushishidan o‘lim holati qayd etildi

Hindiston hukumati Tamilnad shtatida mamlakatimiz tarixida ilk bor kichik meteorit tushishi oqibatida inson vafot etgani holati haqida xabar qildi.

Hind mahalliy OAV ma'lumotiga ko‘ra, 6 fevral kuni tongda Tamilnad shtatidagi muhandislik kolleji o‘quv binosiga kichik meteorit qulagan. U portlashni keltirib chiqarib, yaqin-atrofdagi bino va avtobuslar oynalarini sindirgan. Shuningdek, portlash oqibatida uch kishi jarohatlanib, bir kishi — avtobus haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi.
Mutaxassislarning tasdiqlashicha, portlashni haqiqatdan ham meteorit keltirib chiqargan. Bu esa meteorit tushishi oqibatida birinchi hayotdan ko‘z yumish holati sanaladi.

Top