12:32 / 08.02.2016
2086

Kerrik kelgusida «Manchester Yunayted» murabbiylaridan biriga aylanishi mumkin

«Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati tajribali yarim himoyachisi Maykl Kerrikka yangi, 2017 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatgan.

Rahbariyatning hisoblashicha bu 34 yoshli futbolchi kelgusida jamoaning murabbiylaridan biriga aylanishi mumkin. Bu g‘oyani ayni vaqtda jamoa bosh murabbiyiga yordamchilik qilayotgan Rayan Giggz qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bundan oldinroq, Kerrik yaqin orada «Old Trafford»ni tark etib MLS jamoalaridan birida faoliyatini davom ettirishi, unga «PSJ» tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabarlar berilgandi.

Top