09:35 / 08.02.2016
3410

Pekinda Yangi yil bayrami munosabati bilan uyushtirilgan mushakbozlik oqibatida zaharli tutun hosil bo‘ldi

Xitoyda Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil kirib kelishi munosabati bilan uyushtirilgan mushakbozlik oqibatida Pekinda zaharli tutun hosil bo‘ldi, deb xabar bermoqda Pekinni ekologik monitoring qilish markazi o‘z saytida.

Markaz ma'lumotlariga ko‘ra, shaharning bir qator hududlarida inson sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan qattiq zarralar miqdori bir kub metrga 750 mikrogrammni tashkil qildi, bu esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan me'yordan 30 barobar ko‘proqni tashkil qiladi. Ta'kidlanishicha, eng og‘ir vaziyat shaharning janubiy qismida qayd etilgan.  

Shahar ma'muriyati bolalar, keksa va nafas yo‘li kasalliklariga ega bo‘lgan odamlarga ko‘chada ko‘p qolib ketishdan saqlanishni maslahat bermoqda. 

Avvalroq Pekin havoning ifloslanishiga qarshi kurash uchun 2,5 mlrd dollar sarflashi ma'lum qilingandi. 2015 yilning dekabrida Pekinda kuchli tutunlanganlik tufayli tarixda ikkinchi marta xavflilikning eng yuqori qizil darajasi e'lon qilingandi.

Top