19:11 / 08.02.2016
12845

Putin Bahrayn qiroliga zotdor tulpor sovg‘a qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bahrayn qiroli Hamad ibn Iso Al Xalifadan sovg‘a sifatida naqshlar bilan bezatilgan qilich qabul qilib oldi. O‘z navbatida u qirolga zotdor ot sovg‘a qilgan. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, qilichni qirolning o‘zi shaxsan buyurtma qildirgan.

Javob sifatida berilgan ot esa Xadjibek laqabli axaltekin zotiga mansub jonivor bo‘lib, u shu zotdagi otlar orasida o‘tkazilgan poyga chempioni hisoblanadi.

Rossiya va Bahrayn rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv Sochida bo‘lib o‘tmoqda. Bahrayn tashqi ishlar vaziri Xolid bin Ahmad al-Xalifa yaqin vaqt ichida Putinning Bahraynga safar qilishidan umid qilishini bildirgan.

Top