08:48 / 08.02.2016
6202

Shimoliy Koreya patrul kateri Janubiy Koreya suv hududlarini buzib kirdi

Shimoliy Koreya harbiy-dengiz kuchlarining patrul kateri Sariq dengizdagi dengiz chegarasini kesib o‘tdi va Janubiy Koreya suv hududiga kirib bordi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. 

"Shimoliy Koreyaning harbiy kateri Shimoliy chegara chizig‘ini kesib o‘tdi", deb ma'lum qildi u.

Manbaning aytishicha, kater u tomonga otilgan bir nechta ogohlantiruvchi o‘qdan keyin ortiga qaytib ketgan.

Top