18:14 / 08.02.2016
7881

Suriya armiyasi Turkiya chegaralariga yaqinlashdi

Suriya armiyasi Turkiya bilan chegaralar yo‘nalishida hujumlarni davom ettirmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujumlar Rossiya va Eron ko‘magida amalga oshmoqda.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Suriya armiyasi va ularning ittifoqchilari turk chegarasidan 25 kilometr masofada joylashgan. Agentlikning yozishicha, mazkur hujumlar jangarilarning Suriya prezidenti Bashar Asadga qarshi tuzilgan besh yillik rejasi taqdirini xavf ostida qoldirmoqda.f

Top