18:42 / 09.02.2016
2876

Abdulaziz Komilov ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi rahbarini qabul qildi

2016 yilning 9 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyevni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar berilgan.

Muloqot chog‘ida vazir Ye.Sisoyevni tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashi qaroriga binoan uch yil muddatga qo‘mita direktori lavozimiga kirishganligi bilan tabrikladi hamda terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashda ShHTga a'zo davlatlar hamkorligini ta'minlovchi asosiy organ – MATT faoliyatiga O‘zbekiston muhim ahamiyat qaratishini ta'kidladi.

Suhbat davomida ShHTga a'zo davlatlar rahbarlarining Toshkent sammitiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, MATT Ijroiya qo‘mitasining 2016 yilda va istiqboldagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Top