20:22 / 09.02.2016
10971

Amudaryolik ona 3 nafar farzandni dunyoga keltirdi

“Sog‘lom ona va bola yili”da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi Ketebayevlar xonadoni unutilmas quvonchli voqea yuz berdi. Ma'lum bo‘lishicha, Baxit Ketebayev va Gulasal Nuratdinovaning oilasida bir yo‘la uch nafar farzand dunyoga keldi.

“Onaning ham, bir o‘g‘il va ikki qizning ham ahvoli yaxshi. Ularning salomatligi Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasi shifokorlari nazoratida”, deb yozadi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Top