19:32 / 09.02.2016
2944

Londonlik erkak Kensington saroyi darvozasi oldida o‘z joniga qasd qildi

Londonlik erkak Kensington saroyi darvozasi oldida o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

Aytilishicha, u mahalliy shifoxona mijozi bo‘lgan. Sayrga chiqib, shifoxonaga qaytib kelmagan. Ayni paytda noma'lum erkak saroy darvozasi oldida o‘zini shubhali tutayotganidan ogoh qilingan politsiyachilar voqea joyiga oshiqishgan. Ammo ular kelishi bilan erkak o‘zini o‘ldirgan.

Tergov olib borilmoqda.

Top