20:44 / 09.02.2016
9203

Mushakdor kenguru butun internetga mashhur bo‘lib ketdi

Avstraliyadagi The Kangaroo Sanctuary qo‘riqxonasida yashaydigan Rojyer laqabli kenguru ijtimoiy tarmoqlarning yulduziga aylandi.

Uning mushaklari hayratlanarli darajada rivojlangan bo‘lib, The Telegraph jurnalistining yozishicha, qaddi-qomati bilan nafaqat o‘z qavmdoshlari, balki uncha-muncha odamlardan ham o‘tadi.

2015 yilda qo‘riqxona xodimlaridan biri mushakdor kenguruning suratlarini ilk bora Instagram’ga joylagan edi. Ilk rasmda Rojyerning qo‘lida pachoqlangan chelak turardi.

Shundan buyon The Kangaroo Sanctuary bog‘ining Instagram’dagi sahifasiga 280 mingdan ortiq foydalanuvchi obuna bo‘ldi.

Bog‘ xodimi Kris Barnsning so‘zlariga qaraganda, u 2006 yilda mitti Rojyerni halok bo‘lgan onasining xaltasidan chiqarib olgan va uni parvarish qila boshlagan.

Hozir kenguruning vazni 90 kg ga teng. Yaqinda u 10ga kirdi. Kengurular o‘rtacha 15 yil umr ko‘rib, hayotining oxirgi pallasi jismonan eng baquvvat paytiga to‘g‘ri keladi.

Top