O‘zbekiston | 17:32 / 09.02.2016
2078
1 daqiqa o‘qiladi

TIVda Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuvda bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

2016 yilning 9 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Li Uk Hyon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston—Janubiy Koreya hamkorligi hamda ikki tomon aloqalaridagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokamasiga asosiy e'tibor qaratildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish