07:29 / 09.02.2016
2485

Ukraina Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaatlar soni bo‘yicha 2015 yilda yetakchi bo‘ldi

Ukraina Oliy sudi raisi Yaroslav Romanyuk 2015 yilda Ukraina Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Ukrinform" axborot agentligi

"Men bir necha kun avval Strasburgdagi safarimdan qaytdim va yangi statistik ma'lumotlar haqida ma'lumot berishim mumkin. 2015 yil oxiriga Yevropa sudida Ukraina tomonidan berilgan 64850 ta murojaat bo‘lgan, ulardan 13 850 tasi, ya'ni 21,4 foizi Ukraina fuqarolarining Ukraina davlatiga qarshi shikoyatlari bo‘lgan", deb aytdi Romanyuk.

Romanyukning ta'kidlashicha, Ukraina bu borada avvalgidek yetakchi bo‘lib qolmoqda. Biroq shunga qaramay, ko‘pchilik shikoyatlar nomaqbul deb topilgan.

"Yevropa sudi 2015 yil uchun ma'lumotlarni bermadi, biroq 2014 yilda Ukraina fuqarolaridan Strasburg sudiga berilgan shikoyatdan 92 foizi nomaqbul deb topilgan", deb aytdi Romanyuk.

Top