21:06 / 09.02.2016
2861

Xitoydagi jamoa "Vest Hem" yetakchisini 50 mln yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Vest Hem"ning fransiyalik yarim himoyachisi Dimitri Payye xitoyliklar nishoniga tushdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatgan.

Nomi sir tutilayotgan Xitoydagi jamoalardan biri ushbu futbolchi uchun 38 mln funt (deyarli 50 mln yevro) taklif qilgani aytilmoqda.

28 yoshli bu fransuzning o‘ziga bu jamoa haftasiga 187 ming funtdan iborat maosh tayinlamoqchi.

Qayd etish kerakki, bundan oldinroq, londonliklar jamoasining rasmiy saytida futbolchi jamoadagi sharoitlardan qoniqayotgani, tomonlar o‘zaro shartnomani uzaytirish uchun muzokara boshlashi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Top