00:34 / 10.02.2016
3972

Goldman Sachs eksperti neft narxi 20 dollargacha tushib ketishini taxmin qilmoqda

AQShning Goldman Sachs investitsion bankining xomashyo bozorlari ekspertlari boshlig‘i Jyeff Karrining fikricha, neft narxining tushishi hali "o‘z tubiga" yetmagan, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Karrining fikricha, neftning tushishiga yangi sabab ularning omborlarda haddan ziyod ko‘p miqdorda to‘planib qolgani bo‘ladi. Bu vaziyatda neft narxi umuman o‘sa olmaydi, aksincha yanada kuchliroq, ya'ni 20 dollargacha pasayadi.

"Omborlarni to‘lg‘azib tashlaganingizda, neftni tannarxidan arzonroq sotishingizga to‘g‘ri keladi, chunki siz uni qayerga yo‘qotishni bilmaysiz. Aynan shu holat neft bozorini yangi narx qulashiga olib keladi", deb hisoblamoqda Karri.

Top