14:58 / 10.02.2016
2522

Gongkongda ko‘p qavatli uyda chiqqan yong‘in tufayli 500 kishi evakuatsiya qilindi

10 fevral kuni tongida Gonkongdagi ko‘p qavatli turar joylaridan birida kuchli yong‘in sodir bo‘lishi natijasida 500 kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda South China Morning Post xabar tarqatgan.

Bu hodisa tufayli olti kishi jarohatlangan.

Ma'lumotlarda aytilishicha, yong‘in 35 qavatli uyning 23 qavatida mahalliy vaqt bilan soat 4:30da boshlangan.

Alanga 80 metr balandlikkacha ko‘tarilgan. O‘t o‘chiruvchilar 3 soat davomida yong‘inni o‘chirish ishlarini olib borishgan.

Ayni vaqtda mahalliy politsiya va yong‘in xavfsizligi xizmati vakillari tomonidan hodisa sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Top