15:30 / 10.02.2016
2086

Karl-Xaynts Rummenigge: ECA va UYeFA yevroturnirlar evolyutsiyasidan manfaatdor

«Bavariya» klubi direktorlar kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge Yevropa futbolini qaytadan tartibga solish kerakligini yana bir bor ta'kidlab o‘tdi.

Oldinroq ham u Yevropaning eng kuchli jamoalari 20ta jamoasi ishtirokida alohida chempionat taklif qilish variantini ilgari surgandi.

«O‘ylaymanki, ECA va UYeFA yevroturnirlarining evolyutsiyasidan manfaatdor. Biz har doim birgalikda musobaqalarning rivojlanishi uchun yo‘llar qidirib kelganmiz. Har bir ishtirokchi uchun yangicha foydali qaror qabul qilish muhim», - deya Rummenigedan iqtibos keltiradi ECA rasmiy sayti.

Top