Rubik kubigini tez yig‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Amerikalik iqtisodchi tomonidan tayyorlangan dastur bu o‘yinchoqni 0,887 soniya ichida yig‘ib bo‘lgan. Rekord haqida Gizmag nashri xabar tarqatdi.
2015 yilning noyabr oyida amerikalik talaba Zakariyo Gromko tomonidan tayyorlangan dastur-robot Rubik kubigini 2,39 soniya ichida yig‘a olgandi. 2016 yilning yanvarida esa kanzaslik Jyey Fletlend va Pol Rouz Ginnesning rekordlar kitobiga o‘z dasturlarining bu ishni bajarishi uchun 0,9 soniya kifoya qilishini tasdiqlovchi yozuvlarni taqdim etgandi.
Biroq, ko‘p o‘tmay Adam Bir tomonidan ishlab chiqilgan Sub1 dasturi bu rekordni yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Kubik 20 yurish orqali 0,887 soniya vaqt ichida terilgan holatga kelgan. Hozircha bu Ginnesning rekordlar kitobida qayd etilmagan. Muhandis Bir yaqin orada bu borada ariza topshirishini ma'lum qilgan.