Obama unga sovg‘a qilingan tumorlarni namoyish qildi va ular haqida so‘zlab berdi
AQSh prezidenti Barak Obama CBS telekanaliga bergan intervyusida unga turli odamlar tomonidan sovg‘a qilingan va u har kuni o‘zi bilan olib yuradigan tumorlar haqida so‘zlab berdi.
Obama dastlab unga sovg‘a qilingan Deva Mariya Gvadelupskiy tasvirini namoyish qildi. Obamaning aytishicha, unga bu tumorni keksa lotin amerikalik ayol sovg‘a qilgan. Obama bu ayol undan AQShda migratsiya borasida qonun islohotlarini o‘tkazishni juda iltimos qilganini aytdi.
"Bu Rim papasi Frantsiskning ibodat tasbehlari", deb Obama yani bir tumorni ko‘rsatdi va teleboshlovchi qo‘liga u bilan yaqinroq tanishib chiqish uchun berdi.
Obama, shuningdek, Ayovada bir baykerdan olgan poker uchun "omadli" fishka, buddaviy rohibdan olgan kichkina Budda haykalchasi va rok-qo‘shiqchi Bryus Springstinning gitara chalishda foydalanadigan mediatori kabi tumorlarni ko‘rsatdi.
Obamaning aytishicha, u o‘zi bilan olib yuradigan tumorlarni munatazam almashtirib turadi.