21:25 / 10.02.2016
3245

Oksana Chusovitina AQShdagi Gran-Prida ikkita medal oldi

AQShning Xyuston shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha Gran-pri turnirida O‘zbekiston vakili Oksana Chusovitina ikkita medalni qo‘lga kiritdi.

U tayanib sakrash bahslarida oltin, ko‘pkurash musobaqasida esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Endi u mart oyida Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon kubogi bosqichida ishtirok etadi.

Top