14:21 / 10.02.2016
15753

O‘zbekiston mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirmoqda

O‘zbekiston yaqin paytlarda mehnat migratsiyasini tartibga solishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlikning yuridik vakili Aziz Inoqovga tayangan holda xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda bir necha yo‘nalishlarda ish olib borilmoqda. Xususan, Yaponiya bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda Yaponiya ta'lim sohasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik tashkiloti o‘rtasida memorandum imzolangan.

O‘zbekiston fuqarolarni chiqib ketish oldidan o‘rgatish va ta'lim berish markazi hamda Yaponiyaning “Uno” korporatsiyasi birgalikda maxsus bo‘lim yaratmoqchi, unda o‘zbekistonlik ishchilar Yaponiyaga ishga ketishdan oldin malaka oshiradi. Korporatsiyaning markaziy ofisida O‘zbekiston-Yaponiya axborot markazi yaratilgan.

Inoqovning ta'kidlashicha, Rossiya bilan mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha imzolangan hukumatlararo kelishuv realizatsiyasi doirasida ishchi guruhning bir qancha yig‘ilishlari o‘tkazilgan bo‘lib, ularda MDH davlatlarida odamlarni tartibli ravishda ishga jalb qilish tizimini yaratish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, RF hududida mehnat faoliyatini olib borish uchun O‘zbekiston vakillarini yollash bo‘yicha kelishuv ko‘rib chiqilmoqda.

Top