15:53 / 10.02.2016
4991

O‘zbekistondagi bolalar uchun ilk ilmiy-intellektual jurnalning taqdimoti o‘tkazildi

Bugun Toshkentdagi “NEXT” savdo-ko‘ngilochar majmuasida bolalar uchun ilmiy-intellektual jurnal – “Jajji akademik”ning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Xudoyberdi To‘xtaboyev, Tursunboy Adashboyev, Anvar Obidjon, Shermat Yormatov, Ulug‘bek Hamdam kabi mashhur shoir-yozuvchilar, madaniyat arboblari bilan bir qatorda ko‘plab ommaviy axborot vositalari xodimlari ham qatnashishdi.

So‘zga chiqqanlar XXI asr intellektual avlod asri ekanini ta'kidlab, ushbu jurnal tez orada jajji o‘quvchilar orasida ommalashib ketishiga ishonch bildirishdi. Taqdimot marosimini tashkillashtirishda “Akademnashr” nashriyoti direktori Sanjar Nazar, “NEXT” savdo-ko‘ngilochar majmuasi xodimlari o‘z yordamlarini ko‘rsatishdi.

O‘zbekistonda bolalar uchun ilk ilmiy-intellektual jurnal nashrdan chiqdi

Top