20:24 / 10.02.2016
15786

Ramzon Qodirov yuzi tort bilan bejalgan Baskov fotosini chop etdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov instagramdagi sahifasida qo‘shiqchi Nikolay Baskovning yuzi tort kremi bilan bejalgan fotosuratini chop etdi.

Suratda Baskov yonida bir necha kishi, jumladan Qodirovning o‘zi ham bor va ular bu holatga kulib munosabat bildirmoqdalar.

"Nikolay Baskovga tort otishgandan keyin u hanuzgacha bundan shikoyat qilmoqda, barcha xalqaro instansiyalarga borib, banketning takrorlanishini so‘ramoqda", deb foto ostida izoh qoldirdi Qodirov.

Qodirovning bunday kinoyali so‘zlarni aytishiga bundan avval PARNAS (Partiya narodnoy svobody «Za Rossiyu bez proizvola i korruptsii» – "Zo‘ravonlik va korrupsiyasiz Rossiya uchun" xalq ozodligi partiyasi) raisi Mixail Kasyanov politsiyaga unga tort uloqtirilgani yuzasidan shikoyat qilgani sabab bo‘lgan. Kasyanovning aytishicha, u restoranda ovqatlanayotganda bir necha noma'lum shaxslar uning stoli yoniga kelib, uni yuziga tort uloqtirishgan va tahdid qilib baqirishgan.

Ramzon Qodirov bu xabarni "Yana menmi))))!!?" (Kasyanovga nisbatan aytilmoqda) deya kesatiq bilan izohladi.

Top