16:35 / 10.02.2016
2949

Shayx Salmon saylovda raqibi Infantino bilan nomzodlarni birlashtirishi mumkinligini istisno etmadi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti va FIFA prezidentligi uchun nomzod shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino bilan nomzodlarini birlashtirishlari mumkinligini inkor qilmadi.

«Hech narsani inkor qilib bo‘lmaydi, ayniqsa gap Yevropa haqida ketganda. Bir narsani unutmaslik kerakki, Osiyo Mishel Platini va uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan birinchi mintaqa sanaladi. Biz va Yevropa bilan yaxshi aloqalar saqlanib qolgan», - deya shayx Salmondan iqtibos keltirmoqda TASS.

Ayni vaqtda 26 fevral kuni o‘tkaziladigan saylov uchun nomzodlar soni 4 nafar: shayx Salmon, Janni Infantino, FIFAning sobiq Bosh kotibi o‘rinbosari Jyerom Shampan hamda Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusayn ishtirok etadi.

FIFA prezidentligi uchun nomzodlardan biri kurashdan chiqdi

Top