18:30 / 11.02.2016
2503

2015 yil yakunlariga ko‘ra Tesla kompaniyasining zarari 3 baravar o‘sgan

Elektrokarlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Tesla kompaniyasining 2015 yilda ko‘rgan zarari 889 mln dollarni tashkil qildi. Bu haqda xabar kompaniya bergan yangi hisobotda aks etgan.

2014 yil bilan solishtirganda Tesla’ning umumiy zarari miqdori uch baravarga (o‘shanda zarar 294 mln dollarni tashkil qilgan) oshgan.

2015 yilning to‘rtinchi choragida 2014 yilning shu davridagi 107,6 mln dollarlik zarar miqdori 320 mln dollargacha o‘sgan.

Shunga qaramasdan kompaniyaning daromadi to‘rtinchi chorakda 27 foizga o‘sib 1,2 mlrd dollarga yetgan. Firmaning butun 2015 yil mobaynida ko‘rgan daromadi 4 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu 2014 yilga nisbatan 0,8 mln.ga ko‘proq degani.

Joriy yilda Tesla avtomobillarining yetkazib berilishi miqdorini 50 mingdan 80–90 ming donaga oshirishni rejalashtirgan.

Top