20:34 / 11.02.2016
5073

Di Kaprio: "Titanik" katta muvaffaqiyatga erishishini kutmagandim

2016 yilgi Oskar mukofoti uchun nomzodlardan biri Leonardo Di Kaprio, "Titanik" filmining katta muvafaqiyatga erishishiga ishonmaganini aytib o‘tdi. Bu haqda artist Deadline nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Aktyorga uning kasbdoshi Tom Hardi shu yilda bir necha filmda, xususan "Telba Maks" va "Afsona" filmlarida ishtirok etganini, shunga qaramasdan uni ko‘chada tanib qolishlariga amrimahol ekanini aytishib, Hardining holati unikidan farqli ekanini eslatishadi.

"Titanik"dan keyin siz bunday anonimlik bilan maqtana olmasdingiz, mashhurlikning "imtiyozlari"lari yetarlimi? Yoki siz unga havas qilasizmi?", deya so‘rashdi undan.

Aktyor bu juda yaxshi savolligini ta'kidlaydi.

"Titanik"gacha bu film qanday ahamiyatli ega bo‘lishini bilmasdim. Bu meni juda hayratga solgandi." - deb tan oladi u.

Di Kaprioning so‘zlariga ko‘ra, uning butun hayoti aktyorlik bilan bog‘liq bo‘lmagan hayotga aylanib qolgan.

"Titanik" birinchi o‘rinda men va Keyt Uinslet ikkimiz uchun tajriba vazifasini o‘tadi. Biz har xil mualliflik filmlarini ishlar edik. Men uni aktrisa sifatida yaxshi ko‘rardim va u aytdiki: "Kel shu ishni birga uddalaymiz, bu bizning qo‘limizdan keladi".

Biz buning uddasidan chiqdik va bu ish, biz hech qachon xayolimizga ham keltirmagan muvafaqiyatga erishdi" - deydi Di Kaprio.

Top