Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:28 / 11.02.2016
1858
1 daqiqa o‘qiladi
Niderlandiyaliklar chegarada nazoratni kuchaytirish uchun maxsus bo‘linmalar tashkil etishadi
Niderlandiya hukumati mamlakat chegaralarida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida maxsus tezkor otryadlarni tashkil etishadi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.
Qayd etilishicha, bu loyihani "imkon qadar tezroq amalga oshirish" ko‘rsatmasi berilgan. Undan asosiy maqsad migratsion inqiroz bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan muammoalarni hal qilish hisoblanadi.
Bundan oldinroq, Niderlandiya hukumati avtoyo‘llarning chegara qismida nazoratni kuchaytirishi to‘g‘risida xabar qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish