11:15 / 11.02.2016
4469

Odamlarning kamharakatliligi bosh miya hajmi qisqarishi bilan bog‘landi

O‘rta yoshda odamning jismonan kamharakat bo‘lib qolishi 20 yildan so‘ng bosh miya hajmining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Amerikalik mediklarning tadqiqotlari natijalari Neurology jurnalida e'lon qilindi.

“Tadqiqotimiz davomida biz past jismoniy faollikning o‘n yillardan so‘ng kuzatiladigan bosh miya hajmining qisqarishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyatsiyasini aniqladik, bu qarishning tezlashishi demakdir”, - tushuntirdi Boston universiteti xodimi Nikol Spartano.

Tadqiqotda 1583 kishi ishtirok etdi, ularning o‘rtacha yoshi 40 yoshni tashkil qildi. Ularda dementsiya va yurak xastaliklari yo‘q edi. Oradan 20 yil o‘tib, olimlar ilgari o‘rganilgan shaxslarning sog‘lig‘ini tekshirib ko‘rdi.

Top