19:51 / 11.02.2016
2760

O‘tgan yilda 231,1 million AQSh dollariga teng xorij granti o‘zlashtirilgan

O‘zbekiston moliya vazirligining rasmiy saytida 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilingan beg‘araz ko‘mak mablag‘lari to‘g‘risidagi ma'lumotlar e'lon qilindi.

Unda yozilishicha, o‘tgan yilda umumiy qiymati 231,1 million AQSh dollariga teng 198 ta xorijiy grant jalb qilingan. Grantlar quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltirilgan.

- sog‘liqni saqlash (49 grant) - 108,7 mln. doll.

- ta'lim (53 grant) - 57,5 mln. doll.

- iqtisodiyot, moliya bozori va tadbirkorlikni rivojlantirish (22 grant) -21,6 mln. doll.

- huquqni muhofaza qilish va bojxona organlarini texnik jihozlash (4 grant) - 13,3 mln. doll.

- ijtimoiy himoya, madaniyat va sportni rivojlantirish (25 grant) - 12,2 mln. doll.

- ekologiya (9 grant) - 4,8 mln. doll.

- davlat boshqaruvi organlarini moddiy texnika bilan ta'minlash va institutsional rivojlantirish (8 grant) - 3,5 mln doll.

- qishloq va suv xo‘jaligi (8 grant) - 2,7 mln. doll.

- zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni kiritish (4 grant)-2,2 mln. doll.

- boshqa yo‘nalishlar (16 grant) - 4,6 mln. doll.

Top