Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 18:33 / 11.02.2016
2763
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyada oltinga bo‘lgan talab 14 yildan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
2015 yil yakunlariga ko‘ra Rossiyada zargarlik buyumlariga bo‘lgan talab 14 yildan buyon kuzatilgan eng past darajaga tushib ketib, 41.1 tonnani tashkil qildi. Bu haqda World Gold Council hisobotida aytildi.
2014 yilga nisbatan talab 39 foizga tushib ketdi.
Rossiya aholisining tangalar va oltin yombilariga bo‘lgan talab 2015 yilda 4.8 tonnani tashkil qildi. Shu tariqa, umumiy iste'mol talabidagi tushish 45.9 tonnaga yetib, 35 foizni tashkil qildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish