Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Suriyaga Bashar Asadsiz yangi kelajak qurishga yordam berishga tayyorligini bildirdi
Saudiya Arabistoni suriyaliklarga Bashar Asadsiz yangi kelajak qurish va ixtilofga barham berishda yordam berishga tayyor.
Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Marokash tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Salohiddin Mezaur bilan birga bergan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.
Al-Jubayr Ar-Riyodning "Suriyada davlat institutlarini saqlab qolish va urushga chek qo‘yish"ga intilayotgani ta'kidlab o‘tdi.
Al-Jubayr agar Suriyadagi siyosiy jarayon barbod bo‘lsa, qo‘shimcha reja borligini, biroq hozir uning tafsilotlari haqida gapirib bo‘lmasligini aytdi.
Al-Jubayr agar Suriyada IShIDga qarshi kurashayotgan qoalitsiya quruqlikdagi operatsiyani o‘tkazishga qaror qilsa, Saudiya hukumatining Suriyaga quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborishga tayyorligini tasdiqladi.