15:02 / 11.02.2016
4189

Seul: KXDRda bosh shtab rahbari hokimiyatni suiiste'mol qilgani uchun qatl qilindi

Koreya Respublikasi hukumatining ma'lumotlariga qaraganda, Shimoliy Koreya bosh shtabi rahbari Li Yon Gil guruhbozlik va hokimiyatni suiiste'mol qilgani uchun qatl qilingan. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda. U Janubiy Koreya hukumatidagi nomi keltirilmagan manbalariga suyanmoqda.

O‘tgan hafta ijro etilgan qatl hukmi haqidagi axborot Janubiy Koreyaning Ryonxap agentligi tomonidan tarqatilgan edi. Xabarnomada aytilishicha, harbiy amaldor korrupsiyada va boshqa jinoyatlarda ayblangan.

TASS muxbirining aniqlashicha, ilgari Li Yon Gil muqaddam harbiy qismlar bo‘ylab inspektsion safarlarda muntazam ravishda KXDR yetakchisi Kim Chen In yonida yurgan, ammo yaqindan Shimoliy Koreya matbuoti uning nomini tilga olmay qo‘ygan. U 7 fevral kuni “Kvanmyonson-4” raketasining muvaffaqiyatli uchirilishiga bag‘ishlab Pxenyanda o‘tkazilgan tadbirda ham ishtirok etmagan.

Top