12:16 / 11.02.2016
3418

Shveytsariyalik futbolchi: Har qancha pul taklif qilishmasin Xitoy chempionatiga o‘tmayman

Menxenglalbaxning "Borussiya" jamoasi hujumchisi, shveysariyalik Granit Jaka "Manchester Siti"dan taklif bo‘lsa, bu taklifni qabul qilishga tayyorligini bildirib o‘tgan.

23 yoshli bu futbolchiga yangi mavsumda "shaharliklar" jamoasini boshqaradigan Xosep Gvardiola tomonidan qiziqish mavjudligi aytilmoqda.

"Albatta, "Manchester Siti" senga shartnoma tuzishni taklif qilsa, bu rad etish qiyin bo‘ladi. Men buni tan olishdan uyalmayman. Ular meni taklif qilishsa, albatta qabul qilaman. Lekin menda hozirgi jamoam bilan 2019 yilgacha tuzilgan shartnoma mavjud va "Borussiya"dan meni qo‘yib yuborishni istamasa, men buni talab qilib turib olmayman ham.

Xitoy? Men Xitoy jamoasidan keladigan takliflarni ko‘rib chiqmayman ham. Mening yoshimda har qanday katta pullar evaziga ham Xitoyga yo‘l olish aqlga sig‘maydi", degan u Bild nashriga bergan intervyusida.

Top