10:01 / 11.02.2016
2048

Tayvandagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 55 kishini tashkil etmoqda

6 fevral kuni Tayvanda yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 55 nafarga yetdi, jarohat olganlar soni 500 nafardan ortiqni tashkil qilmoqda. Bu haqda mahalliy hukumatdagi manbasiga asoslanib, Kyodo agentligi xabar bergan.

Mutaxassislar hodisa hududlarida qutqaruv va tozalash ishlarini davom ettirishmoqda. Ayni vaqtga kelib, 80 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

6,4 balli zilzila orol janubidagi Taynan shahriga katta talofat yetkazgan. Shahardagi 17 qavatli "Veyguan" aholi turar joy binosi qulab tushgan. Xarobalar ostidan 213 kishi chiqarib olingan, ularning 50 nafarga yaqini jonsiz holda topilgandi.

Ayni vaqtda bu binoni qurgan firma rahbarlari hibs qilingan. Prokuratura tergov-surishtiruv ishlarini boshlagan.

Tayvanda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 40 nafarga yetdi

Tayvandagi zilziladan keyin 100dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda

Top