Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 14:20 / 11.02.2016
3526
1 daqiqa o‘qiladi
“AvtoVAZ” Lada mashinalarini internet orqali sota boshladi
Rossiyaning “AvtoVAZ” kompaniyasi Lada avtomobillarini rasmiy saytining maxsus sahifasi orqali onlayn tartibda xarid qilish xizmatini taqdim etdi.
Xaridor mashina modeli, komplektatsiya va rangini tanlab, uni qaysi dilerlik markazidan olib ketishini ko‘rsatishi lozim.
Oxirgi bosqichda 10 ming rubl miqdorida oldindan to‘lov qilish kerak bo‘ladi. Tanlangan mashina bir muddatdan so‘ng ko‘rsatilgan avtosalonga yetkazib beriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish