18:39 / 12.02.2016
3932

“Buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘laylik” mavzusida videokonferensiya o‘tkazildi

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘laylik” mavzusida videokonferensiya o‘tkazildi. Bu haqida “Kamolot” YoIH Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekiston xalq artistlari Yodgor Sa'diyev, Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Milliy universiteti magistrantlari janubiy koreyalik Pan Xim va San Xim Yon, oliy ta'lim muassasalarining o‘qituvchi va talabalari, shoir-yozuvchilar, san'atkorlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda “Boburnoma”ning o‘zbek adabiyoti va qadimiy tarix maydonida tutgan o‘rni, shoirning g‘azal va ruboiy janrida yozilgan she'rlarining ahamiyati, uning mehribon ota, kuchli siyosatchi, jasur shoh va benazir shoir kabi bir qator sifatlari yoshlar uchun o‘rnak sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Tadbirda videokonferensiya qatnashchilari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari va hayot yo‘li haqida turli fikr-mulohazalar bildirildi.

Top