21:49 / 12.02.2016
2764

FIFAning sobiq bosh kotibi 12 yilga futboldan chetlashtirildi

FIFAning Axloq qo‘mitasi arbitraj sudi tashkilot bosh kotibi lavozimidan ozod etilgan Jyerom Valkeni 12 yilga futbol sohasidagi har qanday faoliyatdan chetlatdi.

FIFA rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, tekshiruvlar jarayonida ushbu amaldor Braziliyada bo‘lib o‘tgan 2014 yilgi jahon chempionati o‘yinlariga chiptalarni sotishning noqonuniy sxemalarida ishtirok etgani aniqlangan.

15 yanvar kuni FIFA Valkeni rasman ishdan bo‘shatilgandi. 7 yanvar kuni unga nisbatan intizomiy ish ochilgandi.

Valke 2007 yildan buyon FIFA bosh kotibi sifatida ishlab kelayotgandi. U 2015 yilning 17 sentabrida tashkilotdagi vazifalaridan ozod etilgandi.

Top