Texnologiya | 19:32 / 12.02.2016
3434
1 daqiqa o‘qiladi

Instagram’dagi videolar necha marta ko‘rilganini hisoblash joriy etiladi

Instagram ijtimoiy tarmog‘i tez orada servisga yuklangan videoni necha marotaba ko‘rilganini bilish imkonini beruvchi hisoblagich o‘rnatadi, deb ma'lum qildi kompaniyaning rasmiy blogi.

Yangi hisoblagich “Like”lar sonini ko‘rsatuvchi hisoblagich o‘rniga qo‘yiladi. Foydalanuvchilar “Like”lar sonini ko‘rish uchun yangi hisoblagichni bosishi kerak bo‘ladi.

Yangi funksiya kompaniyalar va mashhur insonlar uchun foydali bo‘ladi. Ular ushbu hisoblagich yordamida foydalanuvchilarga qaysi mavzudagi videolar manzur kelayotganini bilib olishadi.

Shuningdek, kompaniyaning rasmiy blogi yangi hisoblagich video borasida joriy yilda amalga oshiriladigan so‘nggi o‘zgarish emasligini ma'lum qildi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish