Jahon | 23:17 / 12.02.2016
4581
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq bosh vaziri: Turkiya Iroqqa ruxsat olmay turib qo‘shin yuborgan

Turkiya o‘tgan yili Iroq hukumatining ruxsatini olmay turib Iroqqa jangovor bo‘linmalarini yuborgan, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb aytdi Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida.

"Bizning hududda xorijiy qo‘shinlar, bo‘linmalar, eronliklar, saudiyaliklar, iordaniyaliklar va britaniyalik, amerikaliklar yo‘q. Bizda instruktorlar sifatida harakat qilmoqchi bo‘lishga tayyor bo‘lgan harbiylar bor. Turkiya bundan mustasno. U Iroq hukumatining ruxsatisiz Iroqqa qo‘shin yubordi. Biz buni kurakda turmaydigan holat, deb hisoblaymiz", deb aytdi al-Obodiy.

"Bizlar qo‘shnilarmiz. Agar Iroqqa yordam bermoqchi bo‘lsangiz, unda qanday yordam berishingizni biz hal qilamiz", deb ta'kidlab o‘tdi al-Obodiy.

2015 yilning dekabri oxirida Anqara Iroq hududiga qo‘shin olib kirgani ma'lum bo‘lgandi. Gap Iroqqa Turkiyaning 150 nafar harbiysi va 20 ga yaqin tankining tashlanishi haqida ketgan. Turkiyaning ta'kidlashicha, buni Iroq o‘z jangchilarini terrorchilar bilan kurashishga o‘rgatish maqsadida so‘ragan.