09:06 / 12.02.2016
5158

«Sanderlend» voyaga yetmagan qiz bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini tan olgan futbolchisining shartnomasini bekor qildi

«Sanderlend» jamoasi saytida yarim himoyachi Adam Jonson bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilgani haqida xabar berildi.

«Adam Jonson o‘z aybini tan oldi. Jamoa futbolchi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Ushbu qaror shu daqiqadan boshlab kuchga kiradi. Jamoa ortiq izoh bermoqchi emas», – deyiladii «Sanderlend» bayonotida.

Bundan oldinroq, ushbu 28 yoshli futbolchi o‘zining voyaga yetmagan qiz bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani bo‘yicha ayblovning 2 bandini tan olgandi. O‘z navbatida, boshqa bir qancha bandlar bo‘yicha ayblovni rad etgan.

Shuningdek, sport ekipirovkalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan adidas kompaniyasi futbolchi bilan hamkorlikni to‘xtatgan.

Futbolchining o‘ziga 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Top