15:06 / 12.02.2016
5649

Telegraph: Suriya bo‘yicha kelishuvga erishildi, lekin tinchlik haqida gapirishga hali erta

Jahonning yetakchi davlatlari Myunxenda tashkillashtirilgan uchrashuvda Suriya bo‘yicha kelishuvga erishishgan, ammo hali tinchlik o‘rnatilishiga vaqt bor, deb yozadi The Telegraph nashri.

Kelishuvga muvofiq, Suriya hududida harbiy harakatlarning yakunlanishi bir hafta davomida amalga oshirilishi kutilmoqda, uzoq muddat qamal qilingan shaharlarga gumanitar yordam jo‘natish esa darhol boshlanadi.

Taklif qilinayotgan sulhda “Jabhat an-Nusra” va IShID jangarilari ishtirok etmayapti. Bundan tashqari, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jangarilarga zarbalar berilishi davom etishini ta'kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga, AQSh davlat kotibi Jon Kerri hali kelishuvning ijrosi ko‘p kuch va vaqt talab qilinishini tan oldi.

“Bu juda mas'uliyatli vazifa, - dedi u. – Asosiy savol shundaki, tomonlar o‘zlariga yuklangan majburiyatlarni to‘liq bajarishlari lozim”.

 

Top