Jahon | 09:21 / 13.02.2016
2489
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh kongressi Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni ma'qulladi

AQSh kongressi Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarning kengaytirilishini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Tegishli hujjat AQSh prezidenti Barak Obamaga imzolash uchun yuborildi.

Qonun loyihasini 408 nafar kongressmen qo‘llab-quvvatladi, ikki nafari qarshi chiqdi.

Ta'kidlanishicha, hujjat nafaqat Shimoliy Koreyaga qarshi, balki u bilan ish ko‘radigan barchaga qarshi sanksiyalar qo‘llanishini ko‘zda tutadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish